Veb–saytni ishlab chiqish uchun tavsiyalar

Veb–saytning yaratilishi murakkab muammo bo‘lgani sababli, uni kompleks shaklda qurib chiqish kerak. Veb–sayt ishlab chiqilguncha echilishi zarur bo‘lgan asosiy savollar quyidagilardan iborat va ularga javob topishga harakat qilamiz. Shunday qilib, veb–saytni joylashtirish, quvvatlash va uning harakatiga tegishli savollar bilan veb–sayt tadqiq qilinguncha tanishib chiqmoq zarur.

Veb–saytning auditoriyasi. Internetdagi zaruriy va maqsadli guruh etarli miqdordami? Uning parametrlari (jinsi, yoshi, ma’lumoti, qiziqishi va b.q) qanday? Kim uchun bu ishni qilyapsiz va odamlar internetdan foydalanadimi?
Veb–saytning auditoriyasi. Har bir Web–sayt asosan tashrif buyuruvchilar uchun yaratiladi. Hammaga ma’lumki, hozirchalik O‘zbekistonda internetdan aktiv foydalanuvchilar soni yuqori emas. Bundan tashqari, ko‘plab foydalanuvchilar respublika tashqarisidagi axborotlarni qidirish maqsadida internetga kirish uchun haq to‘laydilar. Shunday qilib, eng ko‘p tashrif buyuruvchi Web–saytlarga rus–zabon va ingliz–zabon auditoriyalar, ya’ni eksport–import operatsiyalari, turizm transport bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar kiradi. Veb saytning auditoriyasi kengaytirish maqsadida turli xil interaktiv xizmatlarni joriy etib bormoqda. Bu shuni ko`rsatadiki veb saytning auditoriyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, moliyaviy mablag‘ topish ham shunchalik yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Lekin, keyingi paytda O‘zbekiston auditoriyalariga yo‘naltirilgan ko‘plab Web–saytlar paydo bo‘lmoqda. Tabiiyki, ulardan faqatgina internetda real holatdagi auditoriyalarga mo‘ljallanganlari tashrif buyuradilar.

Veb sayt raqobatchilari. Hozirgi vaqtda siz rejalashtirmoqchi bo‘lgan mavzu bo‘yicha o‘xshash veb–saytlar bormi? Ularga qatnashish qanday? Auditoriyaga ta’sir etish mexanizmi qanday? Bu veb − saytlar yordamida biznes jarayon qanday usulda ishlaydi? Bunday veb–saytlar uyushmasi qanday tashkil qilingan?
Veb sayt raqobatchilari. Siz ochmoqchi bo‘lgan mavzu bo‘yicha bir-biriga o‘xshash veb–saytlar tahlili, ko‘pincha veb–sayt konsepsiyasini yaratish asosiga aylanib qolmoqda. Siz yaratayotgan veb–saytning tashqi ko‘rinishi raqobatchi veb–sayt tashqi ko‘rinishiga o‘xshab qolmasligi kerak. Sayt–raqobatchilaring navigatsiya va strukturasining kuchli va kuchsiz tomonlarining tahlili ularning tajribasini o‘z maqsadlarimizda foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi. Tashrif buyuruvchilarning veb–saytlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishda servislar xizmati beqiyosdir. Veb–saytlarga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish uchun yangi servislarni o‘ylab topish hamisha mumkindir. Raqobatchilar foydalanadigan internetdagi veb–sayt harakat qilish (ommalashtirish) usuliga ham e’tibor qaratish zarur. Internetning zamonaviy rivojlanish bosqichida ixtiyoriy mavzuli veb–saytlar xohishlariga qarab, internet–uyushmalariga birlashadilar. Shu kabi maxsuslashgan yangilik va obzor–analitik veb–saytlar, zaxira kataloglari, forumlar va shu kabilar bunyod bo‘ladi. Ular etarli miqdordagi mavzuli veb–saytlar zamirida yuzaga keladilar. Shunday vertual mavzuli uyushma muhitida veb–saytingiz pozitsiyasini kuchaytiruvchi aniq strategiyani tadqiq etish zarur. Web–sayt tashqi qismini buyurtmachilar kabi veb–sayt tashrif buyuruvchilari uchun ham tayyorlash muhim hisoblanadi. Faqat shu holatdagina uning ommalashuviga mo‘ljal qilish mumkin. Veb saytning qiymati va qimmatliligi ortib borishi bilan ximoya tizimini ham mustahkam bo`lib borishi talab etiladi.

Veb sayt byudjeti. Sizga kerakli veb–saytlarni yaratish uchun qancha vaqt sarf qilishga tayyorsiz? Uning internetdagi harakati uchun qancha byudjet rejalashtirmoqchisiz?
Veb sayt byudjeti. Uning tarkibi quyidagicha:
1. Veb–saytni yaratish va harakat ettirish masalalari bo‘yicha mutaxassislar bilan oldindan maslahat o‘tkazish.
2. Veb–sayt konsepsiyasini tadqiq qilish va veb–saytning dinamik qismi uchun masalani ko‘ndalang qo‘yish.
3. Veb–saytni ishlab chiqish (tadqiq etish).
4. Veb–sayt dizaynini tadqiq etish.
5. Veb–sayt dasturiy qismini tadqiq etish.
Domen nomlarni ro‘yxat qilish.
1.Veb–saytni quvvatlash va tashrif buyuruvchilar bilan teskari aloqa ishlari bo‘yicha buyurtmachi shaxsini o‘qitish.
2.Saytni quvvatlash.
3.Veb–saytni joylashtirish (xosting).
4. Domen nomlarni quvvatlash. (Domen nomlari qulay va oson yozilishi katta ahamiyatga ega bu esa auditoriyaning kengayishiga hizmat qiladi).
5.Veb–saytning texnik kuzatuvi.
6.Veb–saytning axborot kuzatuvi (ko‘pincha buyurtmachi tomonidan bajariladi, lekin boshqacha holatlar ham bo‘lishi mumkin).
7.Internetda saytni harakat ettirishning an’anaviy usullari.
Veb–saytning ko‘plab o‘zbekistonlik buyurtmachilari uning internetdagi harakati uchun sarf–harajatlar rejalashtirmay, tekin servislar–qidiruv serverlaridan registratsiya (qayd qilish)ga mo‘ljal qiladilar. Internetning rus–zabon sektorida veb–saytni harakat ettirish va saytni rivojlantirish uchun ko‘plab reklama agentliklari mavjud.

Veb sayt biznes–jarayoni. Web–sayt yordamida qanday biznes–jarayon tashkil qilish mumkin? Bunda amaldagi biznes–jarayon o‘zgarishi qanday bo‘ladi? Har holda qanday biznes–jarayonlar paydo bo‘ladi yoki yo‘qolib ketadi? Web–saytdan foydalanish hisobiga qo‘shiladigan iqtisodiy effekt (iktisod yoki foyda) qanday?
Veb sayt biznes–jarayoni.
Veb–saytni yaratish zarurligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun kompaniyangizdagi qanday biznes–jarayonlar uchun bu veb–saytni tadqiq etish mumkinligini aniqlab olish kerak bo‘ladi?
Bugun quyidagi tijorat veb–saytlari mavjud:
Reklama sayti–ixtiyoriy reklama singari internet axborot muxitidagi aniq mahsulot va xizmat yoki brendni reklama qilish uchun xizmat qiladi.
Axborot sayt–mijozlarning virtual uyushmasini tuzish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda “axborot to‘siq” ni olib tashlash uchun tashrif buyuruvchilarni mahsulot va xizmat turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘la-to‘kis boxabar etish uchun xizmat qiladi. Saxifalar tashqi ko‘rinishining ko‘rkamligi (ixchamligi) bilan ajratib turadi, chunki bu veb–saytdagi barcha elementlar kerakligi axborotlarni tez va qulay usulda qidirib topish uchun xizmat qiladi.
Biznes–sayt–kompaniyaning alohida tashqi biznes–jarayonlarni tashkil qilish uchun xizmat qiladi, (masalan, ta’minotchi va dilerlarning ombordagi mahsulotlar; mahsulot yoki xizmatlarga ega bo‘lishdagi buyurtmalari xizmatchi va dilerlarni o‘qitish; suhbatlar olib borish jarayonlari to‘g‘risida). Biznes–jarayonlarni tashkil etish uchun dasturiy modullar (internet–ilova) mavjudligi bilan farqlanadi.
Korporativ portal-kompaniya ichki va tashqi biznes jarayonlarining servislarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, korporativ portal tarkibiga kompaniyaning turli xil bo‘limlari o‘rtasida axborot almashuvi, buxgalteriya ilovalari, ombor, kadrlar bo‘limi, statistik va analitik axborotlar, yordam bo‘limi, o‘quv axborotlari, ta’minotlar, dillerlar, iste’molchilar bilan ishlash uchun avtomatlashtirilgan vositalar va b.q. kiradi. Biznes-jarayonlarni tashkil etish uchun internet-ilova, kompaniya (buxgalteriyasi, ombor, rejalashtiruvchilar va b.q.) da foydalaniladigan amaliy dasturlarga kirish uchun interfeyslar mavjudligi bilan farqlanadi. veb–saytning paydo bo‘lishi mavjud biznes-jarayonga ozmi − ko‘pmi o‘zgarish kiritishni nazarda tutish kerak. Masalan, jamoatchilik bilan aloqa bog‘lash bo‘limida yangiliklarni o‘z navbatida chop etish masalasi, marketing bo‘limida veb–saytni siljitish ishlari, veb–sayt davomati statistikasining tahlili, on-laynda savol-javoblar va reklama aksiyalarini o‘tkazish. Mahsulotlar bozori bo‘limi on-layn mijozlari bilan ishlashni, kadrlar bo‘limi esa, veb–interfeys orqali vakant joylarga nomzodlarni tanlashni o‘rganishi kerak. Ko‘pincha internet–texnologiyadan foydalanish kommunikatsiya bilan bog‘liq vositalar (axborotlarni tarqatish va qabul qilib olish, gaplashish tarmoqlari)ni ancha iqtisod qilishga olib keladi. Bu ishlar vaqtni iqtisod qilish, internet va boshqa axborotlarni uzatishdagi narxlar farqi evaziga sodir bo‘ladi. Bugungi kunda biznes saytlarning nufuzi ortib bormoqda, Kelajakda bozorlar o‘rnini bunday saytlar egallab oladi. Bunga misol tariqasida tajribadan o‘tgan amazon.com saytni keltirish mumkin.

Veb–saytni tayyorlovchi (tadqiq qiluvchi) Veb–saytni zaruriy vazifalar bilan kim va qaysi muddatga yaratadi? Tadqiqotchi tajribaga egami? Tadqiqotchi veb–saytning dinamik bo‘limlarini yaratish va ularning masofaviy administratsiyalash texnologiyasi (xabarlarni etkazish mahsulot kataloglarini tahrir qilish, hujjatlarni ommalashtirish, har hil foydalanuvchilar uchun internetga kirishni boshqarish va b.q)dan foydalanadimi? Bajaruvchi veb–saytga ishlov berishni, xosting, quvvatlash va harakatlarni o‘z ichiga olgan kompleks echimlarni taklif qiladimi?
Veb–sayt tadqiqotchisi. Sayt tadqiqotchisini tanlash saytingizda amalga oshirilgach masalaning murakkabligiga bog‘lik bo‘ladi. Hozir O‘zbekistonda ham kompaniyalar har xil murakkablikdagi veb–saytlarni tayyorlash bo‘yicha va xususiy veb–dizayn studiyalari o‘z xizmatlarini taklif qilmoqdalar. Ularning ko‘pchiligi reklama va axborot veb–saytlar uchun echimlar taklif qiladilar. Bunda sayt veb–saxifalarining ko‘pchiligi qo‘l bilan varaqlanadi va ba’zida tekin yoki arzon narxda dasturiy echimlar ishlatiladi. Bunda peril, php, asp da yozilgan va pulsiz qo‘llaniladigan (MySql va b.q.) arzon dasturiy echimlar ishlatiladi. Veb–saytlarni yaratish uchun ishlatiladigan barcha mavjud echimlardan ham a’lo hisoblanadi, chunki u elektron biznes uchun ancha yuqori klassli echimlar qatoriga kiradi. Tadqiqotchini tanlashda uning veb–saytni ishlab chiqish, joylashtirish (xosting) va kuzatish, maslahat va marketing xizmatlaridan iborat kompleks echimlar taklif qilinishini hisobga olish kerak, chunki faqatgina kompleks echimlar buyurtmachini loyihani amalga oshirishda har xil “texnik” noqulayliklardan asraydi.

Veb–sayt (xosting)ni joylashtirish. Veb–saytni qaerga joylashtirish mo‘ljal-lanayapti? Mo‘ljaldagi auditoriyaga u qulay bo‘ladimi? Veb–sayt auditoriyasi kengaygan holatda Veb–server quvvati va Internet–provayderi panelining o‘tkazish qobiliyati qoniqarli bo‘ladimi?
Veb–saytni joylashtirish (xosting). Xostingni tanlashda internet provayder imkoniyatini, ya’ni kanalning o‘tkazish qobiliyatini inobatga olish kerak bo‘ladi. Bir vaqtda qancha tashrif buyuruvchilar veb–saytga kira olishi mana shu ko‘rsatkichga bog‘liq bo‘ladi. Provayder kanali turli xil mamlakat va mintaqadagi foydalanuvchilarga bir xil yaxshi va qulay bo‘lishi kerak. Xosting sifatiga ta’sir etuvchi boshqa parametr–bu veb–server unumdorligi hisoblanadi. Xosting vakolati sanalgan kompaniya bilan saytning ommaviyligi (tashrif buyuruvchilar soni) oshgan taqdirda kanalning o‘tkazish qobiliyati va veb–server unumdorligini mos ravishda oshirish to‘g‘risida kelishib olish kerak bo‘ladi.

Quvvatlash va harakat. Veb–sayt axborot to‘laligini faol holatda kim va qanday quvvatlaydi? Veb–sayt tashrif buyuruvchilari bilan muloqotni kim va qanday amalga oshiradi? Veb–saytning internetdagi harakati bilan kim va qanday mashg‘ul bo‘ladi? Quvvatlash va harakat. Veb–sayt tadqiq qilinguncha veb–saytni quvvatlab turish va uning siljishi bilan kim va qanday qilib mashg‘ul bo‘lishini aniqlash muhim faktordir. Veb–sayt axborot to‘laligini yangilab turishni tashkil etishning ikki usuli mavjud:
1.O‘zgarish veb–sayt tadqiqotchi kompaniya xizmatchilari tomonidan kiritiladi;
2.O‘zgarish veb–sayt buyurtmachi kompaniya xizmatlari tomonidan kiritiladi.
Birinchi usul tadqiqotchi kompaniyadagi veb–saytni quvvatlab turuvchi maxsus xizmatni tashkil etishni talab qiladi. Ikkinchi usul buyurtmachi kompaniyadan o‘z xizmatlari uchun maxsus elektron ish joylari yaratliishida vositalar qo‘shishni talab qiladi. Mana shunday elektron ish joylari yordamida buyurtmachi kompaniya xizmatlari mustaqil ravishda veb–sayt axborot tulaligini quvvatlab turadilar. Buyurtmachi kompaniya xizmatchilaridan internet–texnologiyasi bo‘yicha maxsus bilimlar talab qilinmasligi (brauzer bilan foydalanishdan tashkari) maqsadida elektron–ish joylarining masofaviy foydalanish interfeysidan maksimal ravishda foydalanadi. Veb–sayt yaxshi ishlab turishida eng asosiy elementlardan biri − bu axborot tashuvchilar bilan teskari bog‘lanishni to‘g‘ri tashkil qilinganligidir. Uni shunday tashkil etish kerakki, veb–sayt tashuvchilari bilan doimo dialog olib borishi mumkin bo‘lsin. Bunda imkoniyat, qulaylik yuzaga keladi, agar tashrif buyuruvchilar va kompaniya xizmatchilari tomonidan bo‘ladigan har xil xabarlarga shu zahotiyoq reaksiya qurish uchun qulay va tushunarli interfeys tashkil qilinsa. Veb–saytni quvvatlash jarayoniga uning doimiy harakati (siljishi) ham kiradi. Veb–saytga tashrif buyuruvchilar doimiy kelib turishini quvvatlab turish maqsadida olib borilgan ba’zi bir tadbirlar: Qidiruv serverlari va undagi indekslar joylashuvini nazorat qilish uchun veb–sayt sahifalarini optimizatsiyalash. Baner tarmoqlaridagi baner va matnli bloklardan foydalanib reklama aksiyalarini o‘tkazish va rejalashtirish. To‘g‘ri almashuv yoki reklamalarni eng gavjum joydagi mavzuli zaxiralarda o‘rnatish. Mavzuli pochta junatmalaridagi reklama. To‘g‘ri pochta jo‘natmalari. Veb–sayt ichki reklamasi yordamida har xil veb–sayt savollar reklamasi. An’anaviy usullar reklamasi. Veb–saytning siljishi (harakati) bo‘yicha doimiy olib berilgan ishlar sezilarli natijalarni berishi mumkin.

Xulosa qilib aytish mumkinki, veb–saytni biznesni olib borish uchun asbob sifatida ko‘rib chiqilgandagina uni tatdbiq qilish jarayonida maksimal natijalarga erishish mumkin. Mutaxassislar maslahati sizga internet–texnologiyani qo‘llashning “tor” momentlarida tushunib olishga yordam beradi. Qolganlarini amaliyot o‘rgatadi.

http://tami.uz/matnga_qarang.php?id=1147


Комментарии (1)

Авторизуйтесь, чтобы добавлять комментарии
Отправьте нам сообщение