Yangiliklar


BestSoft Challenge 2017 tanlovi ishtirokchilari diqqatiga!

2017 yil 16 oktyabr kuni 23:00 da tanlovdan ro‘yxatga o‘tish tugatiladi. Ro‘yhatdan o‘tgan ishtirokchilar, sizdan loyiha fayllarini yuklashingizni va yuklangan arxivlaringizni ishlash holatini tekshirishingizni va xatolik aniqlansa ularni yangilashingizni so‘raymiz. Buning uchun avtorizatsiyadan o‘tib (bestsoft.software.uz), shaxsiy kabinetingiz orqali sizning fayllaringiz to‘liq yuklanganligi va uning aktualligi hamda hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqish imkoniyati mavjudligiga ishonch hosil qiling. Har qanday texnik yoki tashkiliy masalalar bo‘yicha +998 (71) 238-4241/42 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. ...

Batafsil

BestSoft Challenge 2017 tanlovi ishtirokchilari diqqatiga!

Tanlov ishtirokchilari tomonidan to‘liq bo‘lmagan fayllarni (nosoz ilovalar, bo‘sh taqdimotlar va boshqalar) yuklash holatlari ko‘p sodir etilayotganligini inobatga olib, Sizdan yuklangan arxivlaringizni ishlash holatini tekshirishingizni va xatolik aniqlansa ularni yangilashingizni so‘raymiz. Buning uchun avtorizatsiyadan o‘tib (bestsoft.software.uz), shaxsiy kabinetingiz orqali Sizning fayllaringiz to‘liq yuklanganligi, uning aktualligi hamda hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqish imkoniyati mavjudligiga ishonch hosil qiling. Har qanday texnik yoki tashkiliy masalalar bo‘yicha 238-4241/42 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. ...

Batafsil

«Best Soft Challenge-2017» dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bo‘yicha Respublika yoshlar tanloviga start berildi

4 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi yurtimiz yoshlari o‘rtasida «Best Soft Challenge-2017» – dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bo‘yicha Respublika yoshlar tanloviga start berildi. Tanlov tashkilotchilari: UZINFOCOM Markazi, BePro dasturchilar markazi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Tashkent shahridagi Inxa universiteti. Tanlov maqsadi dasturiy ta’minot sohasida yosh dasturchilarni rag‘batlantirish, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqarish va sanoatga joriy qilish, dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishdan iborat. 2013 yildan boshlab o‘tkazib kelinayotgan tanlovda oliy ta’lim muassasalarining talabalari, shuningdek, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari, 25 yoshgacha bo‘lgan xohlaga yurtdoshlarimizning ishtirokida o‘tkaziladi. Tanlov o‘qu...

Batafsil

ICT FORUM 2017 ma’ruzalar qabul qilishni boshladi

2017yil 20-21-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da ICTWEEK Uzbekistan haftaligining eng ko‘p kutilgan tadbirlaridan biri - ICT FORUM 2017 - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha Forum bo‘lib o‘tadi. Forumni o‘tkazishdan maqsad – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining zamonaviy yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun mutaxassislar maydonchasini yaratish. Forum blok-konferensiyalar, seksion majlislar, master-klasslar va interaktiv munozaralar formatida bo‘lib o‘tadi. Ma’ruzachilarga elektron hukumat, axborot xavfsizligi, iqtisodiyot sektoridagi raqamli o‘zgarishlar, bulutli texnologiyalar haqidagi mavzularni ochib berish taklif etiladi. “Elektron hukumat” tizimi faoliyati bo‘yicha ma’ruzada katta hajmli ma’lumotlardan foydalanish (xizmatlarning sifatini oshirish, ochiq ma’lumotlar, “aqlli” shaharlar), xizmat ko‘rsatilish...

Batafsil

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» markazini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosining mexanizmlarini amalga oshirish bo‘yicha dasturiy mahsulotlar ishlabchiqaruvchilari va eksportchilari, shuningdek boshqa manfaatdor shaxslar bilan muhokama tashkil etildi. Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbarining farmoni bilan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi tashkil etish ko‘zda tutilgan. Maqsad – AKT sohasida ishlab chiqarish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini chuqurlashtirish, shuningdek, iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari rivoji uchun qulay sharoitlarni yaratishdir. Uchrashuv O‘zbeki...

Batafsil

Axborot texnologiyalari ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash va joriy qilish uchun «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsion markazi tashkil qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Mazkur farmon asosida tashkil qilinayotgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Innovatsiya markazining maqsadi iqtisodiyot sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, ilm-fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish jarayonlarini markazlashtirish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiquvchilari va buyurtmachilariga qo‘shimcha imtiyozlar, preferensiyalarni taqdim etishdan iborat. Natijada, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi taraqqiy etib, dasturiy ta’minot sanoati rivojlanadi, eksportbop AKT-ishlanmalar ko‘lami kengayadi. Innovatsiya markazi eksterritoriallik tamoyili asosida tashkil qilinadi. Ya’ni, AKT mahsulotlarini ishlab chiqa...

Batafsil

Farmonda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qilishga taklif etamiz

Joriy yil 5 iyul kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish sohasidagi ekspertlar ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kuni kecha qabul qilingan “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonda belgilangan vazifalar ijrosining mexanizmlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Shu sababli Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatimizda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va uning eksporti bilan shug‘ullanuvchi barcha manfaatdor shaxslarni, Farmonda belgilangan vazifalarning bajarilish mexanizmini mumkin qadar optimallashtirish va soddalashtirish yo‘llarini muhokama qilishga taklif qiladi. Muhokama joriy yil 5 iyul kuni Toshkent shahridagi Inha Universi...

Batafsil

Belorussiya Yuqori texnologiyalar parki asoschisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

29 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Belorussiya Respublikasining Yuqori texnologiyalar parki asoschisi Valeriy Sepkalo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mobaynida mehmonlar Yuqori texnologiyalar parki faoliyatining huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslari, unga a’zo ishlab chiqaruvchilarning huquq va majburiyatlari, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish yuzasidan tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tomonlar yangi va yuqori texnologiyalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish aloqalarni kengaytirish, dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, bu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi ishlab chiqaruvchilarni huquqiy va iqtisodiy, tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydigan IT-parklarni tashkil qilish, shuningde...

Batafsil

MILLIY REYESTRGA KIRITILGAN TASHKILOTLAR VA KORXONALAR DIQQATIGA!

Tahliliy hisobot tayyorlash maqsadida imtiyozlar va afzalliklarni taqdim etish jarayonini yanada takomillashtirish uchun ilova qilinayotgan hisobot shaklini (yoki portaldagi shaxsiy kabinet orqali) to‘ldirib berishingizni va quyidagi manzillarga yuborishingizni so‘raymiz: v.yakubov@uzinfocom.uz va y.bakhtiyarov@uzinfocom.uz. Hisobotlarni to‘ldirish va yuborish muddati: 14.06.2017 Hisobotlarni imkon qadar ma’lumotga boyitib to‘ldirishingizni astoydil iltimos qilamiz. Eslatib o‘tamiz, biz tomonimizdan qabul qilingan ma’lumotlar konfidensial bo‘lib, faqatgina statistik hisobni yuritish uchun qo‘llaniladi. Hisobotlarni to‘ldirishda savollar yuzaga kelgan taqdirda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: +998 71 238-42-41/42 Rahmat! ...

Batafsil

«Startap-tashabbuslar» dasturi: talabalarning biznesga qiziqishi qanchalar o‘smoqda? Eng ko‘p sonli arizalar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti!

Joriy yilda ishga tushirilgan Yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturining ikkinchi bosqichi O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlarining talabalari va o‘qituvchilari tarkibini qamrab oldi. Murojaat qilganlar soni avvalgi bosqichga nisbatan 1,4 barobarga o‘sdi, ishtirokchi oliygohlarning soni esa 57 taga yetdi.     Xususan, 6 martdan 16 aprelga qadar joriy yilda Savdo-sanoat palatasi va BMTTD «O‘zbekiston biznes-forumi (III-bosqich)» qo‘shma loyihasi tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi hamkorligida o‘tkazilayotgan «Startap-tashabbuslar» Dasturining ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun arizalar qabuli bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda tanlov saralashida 308 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, bu yili dasturda qatnashish uchun 419 ta loyiha taqdim etildi. Qiziqarlisi, 57 ta loyiha (14%) qizlar tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ularn...

Batafsil

Bizga xabar yuboring