BestSoft Challenge 2017 tanlovi ishtirokchilari diqqatiga!

Tanlov ishtirokchilari tomonidan to‘liq bo‘lmagan fayllarni (nosoz ilovalar, bo‘sh taqdimotlar va boshqalar) yuklash holatlari ko‘p sodir etilayotganligini inobatga olib, Sizdan yuklangan arxivlaringizni ishlash holatini tekshirishingizni va xatolik aniqlansa ularni yangilashingizni so‘raymiz.

Buning uchun avtorizatsiyadan o‘tib (bestsoft.software.uz), shaxsiy kabinetingiz orqali Sizning fayllaringiz to‘liq yuklanganligi, uning aktualligi hamda hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqish imkoniyati mavjudligiga ishonch hosil qiling.

Har qanday texnik yoki tashkiliy masalalar bo‘yicha 238-4241/42 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Bizga xabar yuboring