“Ochiq kodli dasturiy maxsulot” mavzusida o`quv-trening kursi

2017 yil 30 oktyabr — 1 noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA)dan, 2 tomonlama Memorandum asosida, 9 kishidan tashkil topgan delegatsiya TATU va Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi qoshidagi soha korxonalar: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, “UZINFOCOM”, “UNICON.UZ” markazlari xodimlari uchun “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” mavzuida o‘quv-trening kurslari tashkil etilmoqda.

 

Ushbu kursda ishtirok etishni istagan talabalar fakultet dekanatlariga murojat etishingizni so‘raymiz. O‘quv kursi Ingliz tilida olib borilishini inobatga olib ishtirokchilarni Ingliz tilini bilish darajasi suhbat asosida aniqlanadi.

 

O‘quv-trening kursi tashkilotchilari: Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va KOICA eksreti Jeon Byung Vuk.

 

O‘quv-trening kursi maqsadi: – universitet professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi qoshidagi soha korxonalari xodimlari uchun Ochiq kodli dasturiy maxsulot yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.

 

O‘quv-trening kursi haqida: Yurtimizda AKT sohasida ko‘plab isloxotlar amalga oshirilmoqda, jumladan, 2016 yil iyun oyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumi asosida “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” mavzusida o‘quv-trening kursini tashkil etish rejalashtirilgan edi. Shunga asosan, Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligidan 9 kishidan tashkil topgan delegatsiya tashrif buyuradi. Janubiy Koreyalik mutaxassislar tomonidan 3 kun mobaynida o‘quv-trening kursi olib boriladi, bu kelajakda yosh dasturchilarni Elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga zamin bo‘ladi.

 

O‘quv-trening kursi davomida tinglovchilar “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” nima uchun kerakligi, IoT (Internet of Things) bilan tanishtirish va ilovalar, platformalardan foydalanish, Mobil servislarni ishlab chiqish va foydalanish asoslari, Node dasturiy ta’minoti uchun dasturlash asosi, Ilovalar dasturiy interfeysini yaratish, “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” ni strategik foydalanish va asosiy muvaffaqqiyatli vaziyatlar, “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” boshqaruvini o‘rganishadi. Kurs davomida Sun’iy Intellekt, 4 avlod industriyasi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.

 

Manba: «infoCOM.UZ»

Bizga xabar yuboring