Milliy reyestr tarkibidagi dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi tashkilotlar diqqatiga!

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining farmoyishiga binoan 2017 yil 1 noyabrdan boshlab Dasturchilar va dasturiy mahsulotlar Milliy reyestri software.uz operatori etib Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi tayinlandi.

 

Shunga muvofiq, 2017 yild 9 noyabrdan boshlab  Milliy reyestr tarkibidagi va ro’yxatga kirishni rejalashtirayotgan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi tashkilotlar o’z arizalarini va boshqa masalalarni ko’rib chiqish uchun Innovatsiya markaziga murojaat etishlarini ma`lum qilamiz.

 

Innovatsiya markazining kontakt ma’lumotlari:

Toshkent sh., M. Ulug’bek t-ni, Ziyolilar k-si, 13a

Tel.: +998 71 289-99-94

Email : info@muic.uz

Veb-sayt: www.muic.uz

Bizga xabar yuboring