“Best Soft Challenge – 2017” tanlovi finalistlarining taqdimotlari videokonferentsiya rejimida o’tkaziladi

Final bosqichiga o’tgan tanlov ishtirokchilariga qulaylik yaratish va hududlardan tanlovda ishtirok etgan ishtirokchilar o’z loyihalarini Tanlovda taqdimotini o’tkazishlarida hakamlar hay’ati a’zolari va "O’zbektelekom" AK hududlardagi studiyalari o’rtasida telemost tashkil etilmoqda.

Tanlov hakamlar hay’ati a’zolarining asosiy yig’ilishi va final ishtirokchilarining taqdimoti 30 noyabr kuni hududlardagi ishtirokchilar va 1 dekabr kuni Toshkent shahridagi ishtirokchilar o’rtasida bo’lib o’tadi.

Tanlov g’oliblari ushbu bosqichning oxirida aniqlanadi, unda final ishtirokchilari o’z chiqishlarida loyihalarini to’g’ridan-to’g’ri hakamlar hay’atiga taqdim etadilar.

Eslatib o’tamiz, o’tgan haftada “Best Soft Challenge – 2017” tanlovida saralash bosqichidan o’tgan 40 ta loyiha g’oliblari ro’yxati e’lon qilingan edi.

 

Finalga o’tgan ishtirokchilar tanlovning navbatdagi bosqichida quyidagi manzillarda ishtirok etishlari mumkin:

 

1. Samarqand viloyati - Samarqand shahri, Mirzo Ulug’bek ko’ch. 92

2. Surxondaryo viloyati - Termiz shahri, Termiziy ko’ch. 28

3. Sirdaryo viloyati - Guliston shahri, Navoiy ko’ch. 45

4. Farg’ona viloyati - Farg’ona shahri, Al-Farg’oniy ko’ch. 5

5. Xorazm viloyati - Urganch shahri, Najmiddin Kubro ko’ch. 7

6. Toshkent shahri - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (A-blok, 1 qavat, 115 auditoriya)

 

Final saralash bosqihi o’tkazilish vaqti:

2017 yil 30 noyabr, soat 9:30 dan 13:00 gacha (hududlardagi ishtirokchilar uchun)

2017 yil 1 dekabr, soat 9:30 dan 13:00 gacha (Toshkent shahridagi ishtirokchilar uchun)

Bizga xabar yuboring